Assalomu aleykum hurmatli do’stlar. Men manashu onlayn maktabida uchta kursni o’qib tugatdim. Shu sababli bu maktab haqidagi fikrlarimni qoldirishga qaror qildim. Akademiyaning menga yoqqan eng yaxshi va foydali tarafi shuki, bu maktabda o’qish jarayonida siz yolg’izlanib qolmaysiz. Sababi, har bir darsni o’qib o’rganganingizdan keyin sizga, aynan shu dars bo’yicha topshiriq beriladi va siz topshiriqni, kuratorning aytganidek to’g’ri bajarib topshirmas ekansiz, siz keying darsga o’ta olmaysiz. Chunki, har bir topshiriqni kuratorlarning o’zlari tekshirib baholashadi. Agar topshiriq noto’g’ri bajarilgan bo’lsa, sizga tushuntirishadi, yordamlashadi va siz topshiriqni qayta bajarib topshirasiz. Oqibatda, kursni tugatganingizdan keyin siz albatta, o’qigan kursingiz bo’yicha mutaxasist bo’lib etishasiz. Barchaga Akademiyada o’qishni tavsiya qilaman. Barchangizga omad!
Raxmonqul G’aybullayev