Qanday qilib, sheriklik dasturlarida pul ishlash mumkin? + Yangi boshlayotganlar uchun, “Партнёркаларда пул ишлаш 2.0” qadamba-qadam onlayn-marafonning BOSHLANISHI

Dasturda ishlash

Salom do’stlar! Internetdagi hamkorlik dasturlari to’g’risidagi maqolalar seriyasini davom ettiramiz. Va bugungi maqolamizda, bu dasturlarda qanday pul topish yo’llari mavjud, nimadan boshlash kerak va qayerlarda reklama qilish kerakligi haqida so’z yuritamiz. Va endi boshlayotganlar hamda shu ishga urinib, hech qanday natijaga erisha olmayotganlar uchun, o’zimning takliflarimni bermoqchiman.

Qisqa qilib aytganda, bugungi, bermoqchi bo’layotgan malumotlarim, hamkorlik dasturida qanday ishlash kerakligini tushunib olishingizda va nimadan boshlash kerakligini bilishingizga yordam beradi.

Maqolani o’qishni davom ettirishingizdan oldin, manabu “TOP-14 ta internetda pul ishlash turlari” nomli maqolani o’qib chiqishingizni xohlardim. U yerda men, butun internet qanday tuzilgan, pul qayerdan keladi va kim bu pulni to’laydi, shular haqida to’liq malumot berganman. Bu sizga, hamkorlik dasturlarida qanday ishlash kerakligini tushunishingizga imkon beradi.

Maqolani o’qib chiqishingiz uchun 5 daqiqa vaqt yetadi, o’qib chiqib, keyin bu maqolani o’qishda davom eting!

Sheriklik dasturlari (Партнерская программа) haqida qo’llanmalar

Hamkorlik dasturlarida qanday ishlash kerak? 

Qanday ishlash kerakligini ikki og’iz gapda shunday deyish mumkin: hamkorlik dasturlaridagi qaysidair mahsulotni olasizda internetda reklama qilasiz, odamlar sizning reklamangizdan o’tib mahsulotni sotib olishadi va siz har bir sotuvdan o’zingizga ajratilgan ulushni olasiz.

Partnyorkalar katalogi

Bir qarashda barchasi oddiy, lekin shu yerda quyidagi savollar paydo bo’ladi:

  1. Hamkorlik dasturidagi mahsulotlarni va xizmatlarni qayerdan qidirish kerak?
  2. Sheriklik dasturlarida qanday ro’yxatdan o’tish kerak va ssilka (havola) ni qayerdan olish kerak?
  3. Hamkorlik dasturlari bilan qanday ishlash kerak?
  4. Hamkorlik dasturlarining qanday turlari va to’lov foizlari mavjud?
  5. Ishlangan pul qanday va qayerdan olinadi?
  6. Sheriklik dasturlarida alohida shartlarga ega bo’lish uchun, dastur mualliflari bilan qanday gaplashish kerak?
  7. Doimiy daromad qanday yaratiladi?
  8. Va asosiy savol – qanday reklama qilish kerak?

Oxirgi savolga, javobni yuzlab keltirish mumkin. Reklama qilishning har bir yo’li uchun alohida maqolalar seriyasini yozishim mumkin, lekin, unda siz chalkashib ketasiz va sizga foydasi kamroq bo’ladi. Shuning uchun, agar sizga maqul bo’lsa, qanday reklama qilib, pul ishlashni real ko’rsatmalar bilan ko’rsatib, onlayn-marafon uyushtirishimiz mumkin. Takliflaringizni izohlarda qoldiring, sizning talablaringizni hisobga olgan holda harakat qilaman.

Onlayn-marafon qanday bo’ladi? – ketma-ket video darslarni ko’rasiz va oddiy vazifalarni bajarasiz, natijada esa daromadga chiqasiz. Sizga nafaqat bilim kerak, balki, cho’ntagingizga pul ham tushishi kerak, to’g’rimi?

Hamkorlik dasturlarida kimlar pul ishlay olishi mumkin? 

pul ishlash

Internetda, juda ko’pchilik odamlar hamkorlik dasturlari haqida bilishmaydi yoki bilishni istashmaydi. Bu bilan ular internetda xohlagan odam pul ishlay oladigan, eng daromadli va eng oson pul ishlash yo’li borligidan bexabar qolishadi. Bu dasturlarning yana bir eng muhim va ko’pchilik uchun zarur bo’lgan jihati, uyda o’tirib ishlash imkonini berishini bilishmaydi.

Mana, masalan siz, menga aytingchi, internetda, qachonlardir, do’stlaringizga, tanishlaringizga biron narsani tavsiya qilganmisiz? Qandaydir qiziqarli bir kinoni ko’rishnimi, qandaydir kitobnimi, kompyuter o’yinlarinimi, yoki yaxshi tovarlari bo’lgan internet magazinnimi, foydali sayt, kimningdir maqolasini, o’rgatuvchi video kurslar va hokazo…

Balkim sizdan qandaydir muammoni echish uchun, shu ish bilan shug’ullanadigan qaysidir odamni tavsiya qilishingizni so’rashgandir? Ishonamanki, har kimda bunday holat bo’lishi tabiiy. Lekin, siz shu holatda, kimnidir yoki nimanidir tavsiya qilib, moddiy manfaat ko’rganmisiz? Vaholanki, moddiy manfaat ko’rishingiz ham mumkin edi.

Bundan tashqari, hamkorlik dasturlari orqali, o’zingiz sotib olgan narsangizdan ham pul ishlashingiz mumkin, qiziq-a? Qanday deysizmi? – sotib olmoqchi bo’lgan mahsulotingizni topasiz, o’sha magazinning hamkorlik dasturida ro’yxatdan o’tasiz va mahsulotning sheriklik ssilkasini olasizda, shu ssilkadan kirib, mahsulotni sotib olasiz. Va sizning pulingizdan dasturda ko’rsatilgan summa, dasturdagi sizning hisob raqamingizga qaytib tushadi va siz uni xohlagan joyga yechib olishingiz mumkin.

Lekin, bunday usul, barcha sheriklik dasturlarida ham ishlayvermaydi, bular to’g’risida onlayn-marafonda tushuntirib, ko’rsatib o’taman.

Shunday qilib bu yo’l bilan, oddiy internet foydalanuvchisi ham bemalol pul ishlay olishi mumkin va buni katta biznesga aylantirish mumkin. Agar, siz internetda ishlayotgan bo’lsangiz, boshqalarga qandaydir xizmat ko’rsatayotgan bo’lsangiz yoki biznes qilayotgan bo’lsangiz, bu mavzuni o’rganmaslik, qiziqmaslik, qo’pol qilib aytganda, nonko’rlik desa ham bo’ladi. Chunki internetning 80-90% i, shu sherikchilik asosida ishlaydi.

Nimadan boshlash kerak, sarmoyali va sarmoyasiz yo’llari

nimadan boshlash kerak

Yuqorida aytganlarimdan ko’rinib turibdiki, hozirning o’zida, hech qanday xarajat qilmasdan, hamkorlik dasturlarida ro’yxatdan o’tib, biron-bir mahsulotni tavsiya qilib, pul ishlay boshlashingiz mumkin. Lekin, bunday ishlash, sizning asosiy daromadingizga qo’shimcha daromad bo’la oladi.

Agar siz bu ish bilan, asosiy daromad manbaiga aylantirish maqsadida, jiddiy shug’ullanmoqchi bo’lsangiz, nima qilishingiz kerak? Bu holda, sheriklik mahsulotlarini reklama qilishning turli yo’l va usullarni o’z ichiga olgan, quyidagi ikkita yo’lni tanlashingiz kerak bo’ladi.

Birinchi yo’l – bepul yo’l. Hamkorlik mahsulotlarini reklama qilish uchun katta auditoriyaga ega bo’lgan o’zingizning, internetdagi resurslaringizni yaratishingiz kerak. Masalan, ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntingiz yoki gruxingiz, o’z saytingiz yoki blogingiz, YouTube kanalingiz, email pochta bazangiz va hokazo.

Ikkinchi yo’l – pullik. Bunda, mahsulot reklamasi uchun pul sarflashingiz kerak bo’ladi. Masalan, ko’p auditoriyaga ega bo’lgan ijtimoiy tarmoqlardagi gruxlarda reklama postlar uchun, turli reklama beruvchi maxsus saytlarda, TOP yangilik maqolalarida reklama qilish uchun, banner reklama va hokazo.

Ikkinchi yo’l bilan har doim ham foyda olmasligingiz mumkin, chunki, bu yerda reklama qilish uchun, har bir yo’lni yaxshi bilishingiz, reklama berish sirlarini bilishingiz kerak bo’ladi. Aks holda sarflagan pulingiz o’zini oqlamasligi mumkin.

Shuning uchun, bu ishni endi boshlayotgan bo’lsangiz, quyida sanab o’tadigan, bepul yo’l bilan boshlashingizni tavsiya qilaman.

  Eng samaralilari:
  • Ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy akkauntingiz (VKontakte, Facebook, Odnaklassniki, Instagram). Bunda samaralilik, reklama qilayotgan mahsulotingiz, auditoriyangizga mos kelishiga ham bog’liq.
  • Ijtimoiy tarmoqlardagi gruxlaringizda.
  • YouTube kanalingizda.
  • Shaxsiy blogingiz.
  • Sayt, forumlar, portallar.
  • Email bazaga avtomatik xatlar yuborish.
  • Mashhur gruhlar va bloglarda izoh qoldirish.
  • Forumlarda muloqotga kirishish.
  • Mashhur resurslarda maqola yozib qoldirish va hokazo.

Bularning barchasini bepul yoki arzimagan xarajat bilan qilish mumkin. Masalan, 20 – 30 000 so’m (4 ta Jizzax somsani puli) bilan shaxsiy blogni ochib, yuritish mumkin. Keyinchalik o’zidan kelgan daromad bilan rivojlantirish mumkin, muhimi tadbirkorligingiz.

Men ham bir paytlar xuddi shu yo’llar bilan boshlaganman, ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarimni yuritish bilan birga blogimni ham rivojlantirganman. Hozirgi kunda, yuqoridagi barcha yo’llardan foydalanaman.

Reklama berishning qanday turlari mavjud:
  • Google AdWords, Yandex Direkt
  • Tizer reklama
  • Banner reklama
  • VKontakteda reklama
  • Facebookda reklama
  • Email baza orqali reklama
  • Mashhur saytlarda reklama maqolalar berish
  • YouTubeda reklama berish 

Bular eng ommaboplari, ularning ko’pchiligini onlayn-marafonda o’rganamiz. Eng muhimi, agar siz faqat hamkorlik mahsulotlariga emas, balki o’z resurslaringiz uchun reklama sotib olsangiz, abonentlaringiz (xaridorlar) bazasi yig’iladi.

Hamkorlik dasturlarida yaxshi daromad qilish uchun asosiy yo’nalishlar shulardan iborat. Yuqoridagi yo’nalishlarning 2-3 tasini tanlab oling va nimani bilishingiz kerak, nima qilishingiz kerakligi to’g’risida kichkinagina reja tuzing.

Sizga kichkina topshiriq: birinchi navbatda, qaysi 2 – 3 ta yo’lni o’rganishni xohlaysiz va qanday savollar sizni qiziqtiradi, shular haqida quyida, izohlarda yozing. Bu bilan siz menga, sizga nima yetishmayotganligini tushunishimga yordam berasiz va men sizning muammolaringizni yechishga yordam beraman.

“Noldan boshlab, hamkorlik dasturlarida pul ishlash” onlayn-marafoni haqida

Onlayn-marafon nima degani? – Bu qadamba-qadam o’rgatuvchi kurs. Siz ketma-ketlik bilan berilgan darslarni o’rganasiz va har bir darsda berilgan oddiy topshiriqlarni bajarasiz.

Bu pul ishlash turining eng asoslarini birma-bir tahlil qilamiz, shaxsiy resurslarimizni yaratamiz, targ’ib qilishni o’rganamiz va ularga foydalanuvchilarni olib kelamiz.

Partnyorkalarda pul ishlash

Marafonda ishtirok qilish uchun, onlayn maktabimizda ro’yxatdan o’tishingiz kerak – uzinfobiz.com

Onlayn maktabda qanday ro’yxatdan o’tish va o’qishni boshlash kerakligini manabu sahifada bilib olishingiz mumkin.

DIQQAT! Do’stlar, marafon boshlandi, albatta marafonda ishtirok eting va o’zingizning bir umrlik moddiy bazangizni yarating!

Marafonning maqsadi nafaqat o’qitish, balki, shu sohaga qiziquvchilarni bir joyga yig’ib, fikr, tajriba almashish. Ro’yxatdan o’tganingizdan keyin, siz, shu sohaga qiziquvchilarning ijtimoiy tarmoqdagi yopiq gruxiga azo bo’lasiz va hamfikr do’stlar bilan muloqot qilish imkoniga ega bo’lasiz.

Umuman, ko’p qiziqarli va foydali malumotlar berishni rejalashtiryabmiz, safimizga qo’shiling!

Bugunga tamom, keyingi maqolamiz, hamkorlik dasturlarini qanday va qayerdan izlash kerakligi haqida bo’ladi. Maqolada ko’rishguncha, xayr!

Текст на русском

Как заработать на партнерских программах? + Для новичков НАЧАЛО пошагового онлайн марафона “Заработок на партнерках 2.0”

Привет, ребята! Мы продолжим серию статей об онлайн партнерских программах. И в сегодняшней статье мы поговорим о том, как заработать в этих программах, с чего начать и где разместить рекламу. А для тех, кто только начинает, и тех, кто пытается это сделать и не может получить никаких результатов, я хочу дать свои предложения.

Короче говоря, информация, которую я собираюсь дать сегодня, поможет вам понять, как работать в партнерской программе и знать, с чего начать.

Прежде чем вы продолжите чтение статьи, я бы хотел, чтобы вы прочитали эту статью под названием «ТОП-14 способов заработка в Интернете». Там я дал полную информацию о том, как устроен весь Интернет, откуда берутся деньги и кто эти деньги платит. Это позволит вам понять, как работать в партнерских программах.

Вам понадобится 5 минут, чтобы прочитать статью, прочитать ее, а затем продолжить чтение этой статьи!

Путеводители по партнерским программам
Как работать в партнерских программах?

Как это должно работать, можно сказать двумя словами: когда вы получаете товар по партнерской программе, вы рекламируете его в Интернете, люди покупают товар после вашей рекламы, и вы получаете долю с каждой продажи.

На первый взгляд все просто, но тут возникают следующие вопросы:

Где искать продукты и услуги партнерской программы?
Как зарегистрироваться в партнерских программах и где взять ссылку?
Как работать с партнерскими программами?
Какие типы партнерских программ и ставок выплат доступны?
Как и где зарабатываются деньги?
Как связаться с авторами программы, чтобы получить специальные условия в партнерских программах?
Как создать регулярный доход?
И главный вопрос как рекламировать?

На последний вопрос есть сотни ответов. Я мог бы написать по каждому способу рекламы отдельную серию статей, но тогда вы запутаетесь и пользы от нее будет меньше. Поэтому, если хотите, мы можем организовать онлайн-марафон, показывающий, как рекламировать и зарабатывать деньги с реальными инструкциями. Оставляйте свои предложения в комментариях, я постараюсь учесть ваши требования.

Каким будет онлайн-марафон? – вы будете подряд смотреть видеоуроки и выполнять простые задания, а в результате будете зарабатывать. Вам нужны не только знания, но и деньги в кармане, верно?

Кто может зарабатывать на партнерских программах?
В Интернете многие люди не знают или не хотят знать о партнерских программах. Таким образом, они не знают, что каждый может зарабатывать деньги в Интернете, самый прибыльный и самый простой способ заработать деньги. Они не знают, что еще одним наиболее важным и необходимым аспектом этих программ является то, что они позволяют работать из дома.

Например, скажите, вы когда-нибудь рекомендовали что-то своим друзьям или знакомым в Интернете? Какой-нибудь интересный фильм посмотреть, какую-нибудь книгу, какие-нибудь компьютерные игры, или интернет-журнал с хорошими товарами, полезный сайт, чью-то статью, обучающие видеокурсы и т.д.

Может быть, вас попросили порекомендовать кого-то, кто может решить проблему? Я считаю, что такая ситуация естественна для всех. Но в этом случае получили ли вы финансовую выгоду, порекомендовав кого-то или что-то? Тем не менее, вы также можете получить финансовую выгоду.

Кроме того, через партнерские программы можно зарабатывать деньги на том, что покупаешь, разве это не интересно? Как вы говорите? – вы находите товар, который хотите купить, регистрируетесь в партнерской программе этого магазина, и когда вы получаете партнерскую ссылку товара, вы переходите по этой ссылке и покупаете товар. А указанная в программе сумма из ваших денег будет возвращена на ваш номер счета в программе, и вы сможете вывести ее куда захотите.

Однако этот метод работает не во всех партнерских программах, о них я расскажу и покажу в онлайн-марафоне.

Таким образом, даже простой пользователь интернета может легко заработать деньги, и это можно превратить в большой бизнес. Если вы работаете в Интернете, оказываете какие-то услуги другим, или занимаетесь бизнесом, не изучаете эту тему, не интересуетесь, это можно назвать, грубо говоря, слепотой. Потому что 80-90% Интернета работает на основе этого партнерства.

С чего начать, инвестиционные и неинвестиционные способы
Как видите, вы можете зарегистрироваться в партнерских программах, порекомендовать любой продукт и начать зарабатывать прямо сейчас, без каких-либо затрат. Но такая работа может стать дополнительным доходом к вашему основному заработку.

Что делать, если вы хотите серьезно заняться этим делом, чтобы превратить его в основной источник дохода? В этом случае вам придется выбрать следующие два пути, которые включают в себя разные способы и способы рекламы партнерских продуктов.

Первый способ — бесплатный. Для рекламы партнерских продуктов необходимо создавать собственные ресурсы в Интернете с большой аудиторией. Например, ваш аккаунт или группа в социальных сетях, ваш сайт или блог, канал на YouTube, база адресов электронной почты и т. д.

Второй способ платный. В этом случае вам придется потратиться на рекламу продукта. Например, для рекламных постов в группах в социальных сетях с большой аудиторией, на различных рекламных спецсайтах, для размещения рекламы в ТОПовых новостных статьях, баннерной рекламы и т.д.

Вы не всегда можете воспользоваться вторым способом, потому что для того, чтобы размещать здесь рекламу, нужно хорошо знать каждый способ и знать секреты рекламы. В противном случае потраченные деньги могут не стоить того.

Поэтому, если вы только начинаете, я рекомендую вам начать с бесплатного метода, указанного ниже.
Наиболее эффективные:
Ваш личный кабинет в социальных сетях (ВКонтакте, Facebook, Одноклассники, Instagram). Эффективность также зависит от того, подходит ли продукт, который вы рекламируете, для вашей аудитории.
В ваших группах в социальных сетях.
на вашем канале YouTube.
Ваш личный блог.
Сайт, форумы, порталы.
Отправка автоматических писем в базу данных электронной почты.
Комментирование популярных групп и блогов.
Общайтесь на форумах.
Написание статей на популярных ресурсах и т.д.

Все это можно сделать бесплатно или за небольшую плату. Например, открыть и вести личный блог можно за 20-30 000 сумов (4 джизакских сомсана). Позже вы можете развивать его за счет собственных доходов, главное — это ваше предпринимательство.

Я тоже начинал так же, развивая свой блог и поддерживая учетные записи в социальных сетях. В настоящее время я использую все вышеперечисленные методы.

Какие виды рекламы бывают:
Гугл Адвордс, Яндекс Директ
Тизерная реклама
Баннерная реклама
Реклама в ВКонтакте
Реклама в Facebook
Реклама через базу данных электронной почты
Рекламные статьи на популярных сайтах
Реклама на YouTube

Это самые популярные, многие из которых мы рассмотрим в онлайн-марафоне. Самое главное, что если вы покупаете рекламу для собственных ресурсов, а не только для партнерских продуктов, ваша база подписчиков (покупателей) будет накапливаться.

Вот основные направления для получения хорошей прибыли в партнерских программах. Выберите 2-3 из вышеперечисленных направлений и составьте небольшой план того, что вам нужно знать и что вам нужно сделать.

Небольшое задание для вас: прежде всего, какие 2-3 способа вы хотите изучить и какие вопросы вас интересуют, напишите о них ниже в комментариях. Делая это, вы поможете мне понять, чего вам не хватает, и я помогу вам решить ваши проблемы.

Об онлайн-марафоне «Начинаем с нуля, зарабатываем на партнерских программах».
Что такое онлайн-марафон? – Это пошаговый курс обучения. Вы последовательно изучаете уроки и выполняете простые задания, данные в каждом уроке.

Мы последовательно разберем основы этого вида заработка, создадим собственные ресурсы, научимся продвигать и приводить на них пользователей.

Для участия в марафоне необходимо зарегистрироваться в нашей онлайн-школе – uzinfobiz.com
О том, как зарегистрироваться и начать обучение в онлайн-школе, вы можете узнать на этой странице.

ВНИМАНИЕ! Друзья, марафон начался, обязательно участвуйте в марафоне и стройте свою пожизненную финансовую базу!

Цель марафона — не только научить, но и собрать интересующихся этой сферой людей, обменяться идеями и опытом. После регистрации вы станете участником закрытой группы интересующихся данной сферой людей в социальной сети и получите возможность общаться с друзьями-единомышленниками.

В общем, планируем дать много интересной и полезной информации, присоединяйтесь!

На сегодня это все, наша следующая статья будет посвящена тому, как и где искать партнерские программы. До встречи в статье, пока!

Оцените материал
( 2 assessment, average 5 from 5 )
Умиджон Обудов/ author of the article

6 йилдан буен интернет оркали ишлайман ва турли йуналишларда даромад манбаларини яратаман. Интернетда узимнинг шахсий бизнесимни куряпман ва фаол сармоя киритяпман.

Вам понравилься статья? Пожалуйта, поделитесь с друзями:
Колдирилган изохлар сони: 13
  1. Asilbek

    Man hoz qanaqb pul topaman ubu narsa sotwm keremi

    1. Умиджон Обудов (author)

      Salom. Internetda passiv daromad olish uchun, o’zingizning moddiy bazangizni yaratasiz. Siz hech nima ishlab chiqishingiz yoki yaratishingiz va uni sotishingiz kerak emas. Internetda sotiladigan mahsulotlar juda ko’p. Siz, internetdagi ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlaringiz, saytingiz, va hokazolar orqali, mahsulotlarni tavsiya qilasiz xolos. Biz shularni qanday amalga oshirishni o’rgatamiz.

  2. xayrulla

    Salom,mening internetdan xali tushuncham yo’q.Kimdan amaliy o’rgansam bo’ladi.

    1. Умиджон Обудов (author)

      Valeykum salom. uzinfobiz.com onlayn maktabimizda ro’yxatdan o’ting, o’rgatamiz.

  3. SEVARA

    Ishlamoqchi idim yordam berilar iltimos

    1. Умиджон Обудов (author)

      Salom. uzinfobiz.com saytimizda ro’yxatdan o’ting va “Партнеркаларда пул ишлаш” kursida berilgan darslarni o’qib boshlang, o’rgatamiz.

  4. Olimjon

    Treydr :razz:

  5. Dilshoda

    Men studentman informatika yunalishida uqiyman men onlayn pul topish usullarini urganmoqchiman

  6. Asilbek

    Men xam pul ishlamoqchiman :smile:

  7. Ulug'bek Shamsiddinov

    salom

    1. Умиджон Обудов (author)

      Valeykum salom.

  8. Зурик

    Assalomu alaykum men internetda pul ishlash haqida koʻproq
    maʼlumot kerak , sizlarni kurs narxingiz qancha? Va qancha muddatda oʻrganib daromadga kirsa boʻladi

    1. Умиджон Обудов (author)

      Valeykum salom. Kursimiz bepul…

Добавте комментарий! Мы Вам обязательно ответим!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: